Перейти к содержимому раздела

SalamAleikum.Ru

Первый международный форум

Внимание!!! Этот форум продается! Пишите Ваши предложения на мой Email: punbb.info@gmail.com

Добавление ответа

SalamAleikum.Ru → Uzbek Video-Audio → Oxirgi bor ko`rgan film? → Добавление ответа

Добавление ответа

Напишите и отправьте новый ответ

Вы можете использовать: BBCode Изображения Смайлики

Все поля, выделенные полужирным начертанием, должны быть заполнены.

Важная информация для гостей


Обязательно к заполнению

:yes: :ok: :good: :bravo: :yahoo: :P :) :D biggrini :lol: :rofl: ;) :pardon: :rolleyes: :unknown: :unsure: :acute: :cool: :happy: :music: :dance: :| :O :shok: :blush: :( :/ :nea: :bad: :stop: :obida: :cray: :sorry: :fool: :aggressive: :new_russian: :diablo: :bomb: :boredom: :bye: :greeting: :drinks: :rose: :heart: :angel: :air_kiss: :kiss: :kiss3: :help: :secret: :scratch: :write: :wall: :vava:

Обзор темы (новые сверху)

18

Ha aka, 3 idiots hozircha eng yoqtirgan filmim bo'p turibdi. 2 marta ko'rgandim, bir marta o'zbekchada, vatanda, keyin ruschada, bu yoqqa kelib ko'rdim. Vaqt topilganda yana bir ko'rish niyatim bor, haqiqatda juda zo'r ishlangan shu film.


Film qahramonlari - talabalarga havas qildim. Hozir o'qiganim sari maktabda yaxshiroq o'qib olmaganimga afsus qilyapman... Hamma sharoit bo'lgan ekan maktabda, hammasini o'rganishga imkoniyatim ham, vaqtim ham, hatto manavi oshqovoqni ichidagi vinchesterda yetarlicha joy ham bo'lgan ekan....

17

Azizbek_mx turk filmlaridan ham ko'ring, maza qilib yig'latadiganlari bor.
"Babam ve oÄŸlum"ga gap bo'lishi mumkinmas, faqat musofirlikda ko'rmay turganiz ma'qul.
"Aşk tesadüfleri sever" va "Eşkiye" degan yaxshi filmlari bor.

Talabalar uchun Amir Xonning "3 idiots" nomli bir filmi bor, komediya janrida bo'lsayam xind kino tarixida eng kuchli 7lik filmlar qatoridan joy olgan, tafakkur qilishga undaydi, uni ko'rgan odam ancha vaqt esidan chiqarmaydi.

16

Bugun "Talaash" yangi xind filmini ko'rdim.
Bosh rollarni Amir Xon, Rani Muxerji, Karina Kapur ijro etgan.
Film triller janrida. Trillerlar topishmoq, nima bo'lishini aytsak umuman qizig'i qolmaydi.
Ibratli kino emas, lekin voh deydigan darajada yozilib ko'rish mumkin. Filmda birorta ham raqsga tushib qoshiq aytiladigan joyi yo'q.

15

Assalomu alaykum. Kecha Turkiyaning NTV kanalida Adolf Gitler haqidagi "The dark charisma of Adolf Hitler" hujjatli filmini 2-qismini kordim...1-qismidan xabarim yoq edi, keyingi haftaga 3-qismi bor ekan. Hozirgina int-dan qidirib topdim, toliq bolsa sizlar ham koringlar, BBC tarafidan dahshat ishlangan...

14

Mulohazalarim ko'p.
Odam niyatiga yarasha nasiba olishini ko'rsatib berishgan. Yaqin qarindoshlarni nikohida dunyoga kelgan nogiron farzandlarni hissiyotlari va sadoqatni sodda ko'rinishlari namoyon. Balki kimdur uchun zerikarli tuyular. Lekin aslida manga kam gapiradigan qahramonlar va sukut bilan odamni o'zini o'ylantiradigan filmlar yoqadi.

13

Kecha "Dedemin insanlari" degan turk filmini ko'rdim. Yana bir turk shedevri :-)
Bu film ham "Babam ve oglum" dagiday inqilobdan aziyat chekkan anarxist oilasi haqida ekan.
Barchaga tavsiya etaman.

12

Babam ve oglum filmini do'stim kompyuterimga tashlab berayotgan payti, bu film kinoteatrlarga chiqqan payti, kinoga kirib yig'lamaganlarga pullarini qaytarib beramiz deyishgan edi dedi, bu gapni eshitib, bo'lamasa man ko'rmayman, shunday ham o'zimni dardimdan qalbim siqilib yuribti deb ko'rmadim, lekin o'chirib tashlamadim. Bir necha oydan keyin ayolim yonimga qaytgach, zeriktim kino-mino yo'qmi deganida, ishga ketayotib kinolarni ko'rsatdim, lekin mana bu kino yuragingni xufton qiladiganidan, yig'layman desang ko'r bo'lmasa ko'rma dedimu chiqib ketdim.

11

"Гарвардский бомж" o‘zbekchaga qanday bo‘ladi, bilmadim.
Hayotta o‘z o‘rnini topishga motivatsiya beruvchi filmlardan biri. Real voqealarga asoslangan.
Ota-onasi giyohvand, o‘zi maktabga bormagan, uyidan (bobosi va opasi qarovidan) ketib qolgan qiz haqida.

Onasining o‘limidan keyin o‘ziga boshqa yo‘l tanlashi kerakligini tushunib yetadi, o‘qiydi, ishlaydi, harakat qiladi. New York Times gazetasi ta‘sis etgan 4 yillik stipendiyani yutib olib ham Garvardda o‘qishga erishadi, ham shaxsiy uyiga ega bo‘ladi, ham New York Times gazetasiga ishga qabul qilinadi. Talabalarbop film

10

"Ibn Sino shogirdi" ("Ученик авиценны") Nemislarni filmi. Ibn Sinoni buyuk tabib deb faqat qahramonlar tilida aytishyapti. Aslida shogirdini undanam ustun qo‘yishgani yaqqol ko‘rinib turipti. Undan tashqari o‘sha davrdagi hokimiyat ham noto‘g‘ri aks ettirilgan. Xullas yoqmadi Aivan_Small/sad

9

Oxirgi bor kurgan filmim CHOLI QUSHI filmi Film haqiqatdan yaxshi ishlangan Lekin tug'risini aytsam filmni kurib kitobini uqiganimchalik mazza qilmadim

8

"Avatar"dagi asosiy ma'no- insonlarni buzg'unchiligini ko'rsatib berish. Hozirgi kunga kelib bu filmni sifatli nusxasni ko'rishingiz mumkin. "Avatar"ning ssenariysi aslida "TITANIK"dan  ham avval boshlangan. Birmuncha yil oldin hozirgidek komp.grafikasi rivojlanmagandi. Ayni vaqtda bunday filmlarni olish qiyin bo'lmay qoldi. Filmni ko'rgan bo'lsangiz insonlar gumanoidlar qabilasini tinch turmush tarzini buzib, yerlarini o'zlashtirishga harakat qilishadi. Asosiy maqsad insonlarni zo'ravonligini ko'rsatib berish.

7

Avatar degan filmni ko`rdim,  to`g`risi tushunmadim, bu ketish bo`lsa umuman ishlangan kinolarni tushunmaymiz shekilli. 10 ballik tizimda 2 bal
2bal-rejjisiyor mehnati va aktyorlarni xizmatiga baho Aivan_Small/biggrin

6

Men oxirgi bor ko'rgan filmim: Паранормальная явление-Paranormal xolat deb ataladi.
Film: bir insonni uyida bo'lib o'tadigan paranormal holat haqida.Uyda kimdir bordek, taqur-tuqur ovozlar,qadam tovushlari, qandillarni qimirlashi..- va boshqa yana g'aroyib hodisalar haqida. Xuddi uydagi DOMOVOY degan narsa  haqida.(ruslar nazdida)
Lekin insonga ta'sir qiladigan film ekan psixologik nuqtai nazardan. Hujjatli film qilib ishlangan.
Triller,tragediya bo'sa kerak Aivan_Small/wink

5

O'tgan yili ishlangani TO'G'RI, LEKIN so'nggi ishlangan filmlar jumlasiga kiradi ;-)

4

Bundan bir necha yil avval ishlangan "ERKAK" kinokartinasi ham YAHSHI filmlar qatoriga kirsa kerak.  Aktrisa LOLA ELTOYEVAning ishtiroki, Voha(Surxondaryo-Qashqadaryo) udumlari va er kishining OILADAgi o'rni haqida haqidagi ushbu kinoasarni ko'rishga arziydi. Sevgi muhabbat, jo'shqinlikni ko'proq yoqtiruvchilarga tavsiya etmayman.

3

So'nggi ishlangan filmlar ichida ENG MAZMUNDOR ishlangani AROSAT filmi bo'lsa kerak. Hozirgi kunning dolzarb mavzularidan biri ushbu filmda JUDA MOHIRONA tarzda ochib berilgan. Aktyorlar jamlanmasi juda topib,chertib-chertib tanlangandek. Ko'rmaganlar bo'lsa ko'ringlar.Afsus qilmaysiz. Film juda ayojib ISHLANGAN.

AROSAT
Bosh rollarda: MuhammadIso Abdulhayirov, Lola Eltoyeva, Hayrulla Sa'diyev, Abdug'ofir Sobir Mirzo, Bahtiyor Qosimov.
Senariy muallifi: G'ofur Shermuhammad
Rejissyor:Mansur Abduholiq
Film bo'lib o'tgan voqealar asosida ishlangan.
O'zbekkino Milliy Agentligi. "5-studiya" Yoshlar Ijodiy Uyushmasi.

2

men oxirgi bor ko`rgan filmim Poyma-poy.
Bu filmni mazmuni yahshi,lekin komedikligi ozgina bachkalanib qolgan, hayotda bo`ladi manimcha bu voqealar, chunki forumimizda ham shunday savolga duch keldim, Yigit qizni sevib qoladi, lekin yigitni ota-onasi to`yga rozi bo`lmaydi, meni yoki qizni tanla deydi qizni onasi, yigit shunda sevgisini tanlaydi sababi qizga u kerak edi.

1

Bu mavzuni maqsadi biz tele ekran orqali yoki net, dvd disklardga jo bo`lgan qaysi filmni oxirgib sevib tomosho qilganimiz va u haqda tanqid va yahshi fikrlarimizni muhokama qilamiz degan umiddaman

SalamAleikum.Ru → Uzbek Video-Audio → Oxirgi bor ko`rgan film? → Добавление ответа