1

Тема: Ramzan Qodirov haqida foto

Ramzan Ahmad oʻgʻli AbdulQodirov (Рамза́н Ахма́дович Кады́ров, Абдуль Къадар АхIмат-кIант Ръамазан; 1976-yil 5-oktyabr) – Rossiya tarkibiga kiruvchi Chechen muxtor Respublikasi Prezidenti (2007-yildan), Rossiya Qahramoni, Tabiiy fanlar akademiyasining aʼzosi, Rossiyaning eng qudratli shaxslaridan biridir

Biografiyasi[tahrir

Ramzan Chechenistonning sobiq rahbari Ahmad Qodirovning kenja farzandi. Otasi Ahmad Qodirov, akasi va opalari 2004-yilning may oyida terrorchilar hujumi oqibatida halok boʻlishgan. Shu paytda 28 yoshli Ramzan mamlakat bosh vazirining oʻrinbosari – ichki ishlar vaziri edi. Davlat boshligʻi – Prezident vazifasini Alu Alxanov bajargan. 2005-2007 yillar davomida – Bosh vazir

Ramzan Qodirov haqida foto

Бул маселе боюнча тасма үчүн:

2

Re: Ramzan Qodirov haqida foto

Ramzan Qodirov haqida foto

Ramzan Qodirov Ruslan Chagayevning bo‘lajak jangi haqida e’lon qildi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Instagram’dagi sahifasida shu yilning mart oyida Grozniyning “Kolizey” sport saroyida o‘tkaziladigan boks kechasi tafsilotlari haqida ma’lumot berdi.

Ilgari xabar qilinganidek, kechaning asosiy jangi o‘zbekistonlik Ruslan Chagayev va avstraliyalik Lukas Braun o‘rtasida o‘tkaziladi.

“5-mart kuni ‘Kolizey’ sport saroyida katta boks kechasi bo‘lib o‘tadi, – deb yozadi Qodirov. – Asosiy jangda ‘Ahmad’ klubi vakili Ruslan Chagayev va avstraliyalik Lukas Braun uchrashadi. Shuningdek, ringga Edmund Gerber, Visxan Murzabekov, Apti Davtayev, Apti Ustarxanov, Islam Yedisultanov, Movsar Yusupov, Ramzan Baysarov, Jabreil Muzayev, Bulat Bishiyevlar chiqadi”.

Qodirovning ta’kidlashicha, jangga tayyorlanayotgan sportchilar bilan murabbiy Pedro Diaz, bokschilar Gilyermo Rigando va Tayron Sponglar mahorat maktablari o‘tkazgan.

“Men ham ularda ishtirok etdim, – ta’kidladi Checheniston yetakchisi. – Bokschilarimiz ajoyib natijalar ko‘rsatishiga aminman”.