1

Тема: Qibray moliya-iqtisodiyot kasb-unar kollejida ilmiy-amaliy anjuman...

Qibray moliya-iqtisodiyot kasb-unar kollejida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi

Ma'lumki, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi zamon talablariga javob beradigan yetuk mutaxassis kadrlarni tayyorlashning uzluksiz tizimini yaratish vazifasiga qaratilgandir. Shu nuqtai nazardan Respublikamizda uzluksiz ta'lim tizimini shakllantirish va taraqqiy etishiga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Uzluksiz ta'lim tizimida yangi zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalardan unumli foydalanish, o‘qitishning samarali usullarini izlab topish, mavjudlarini takomillashtirish va shunga o‘xshash pedagogik izlanishlar ta'lim samaradorligi va sifatini oshirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi.

Qibray moliya-iqtisodiyot kasb-unar kollejida ilmiy-amaliy anjuman...

Бул маселе боюнча тасма үчүн:

2

Re: Qibray moliya-iqtisodiyot kasb-unar kollejida ilmiy-amaliy anjuman...

Uzluksiz ta'lim tizimini joriy etishning eng samarali omillaridan biri uning bosqichlari o‘rtasida mantiqiy uzviylik va yaxlitlikni ta'minlashdir. Ana shu yo‘nalishda amalga oshiralayotgan amaliy ishlarni yanada rivojlantirish maqsadida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Qibray moliya-iqtisodiyot kasb-unar kolleji hamkorligida ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi. “Uzluksiz ta'lim mazmuni: metod va vositalarini modernizatsiyalashning didaktik prinsiplari” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumanda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi boshqarmasi hamda Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari mutasaddilari ishtirok etdilar.

3

Re: Qibray moliya-iqtisodiyot kasb-unar kollejida ilmiy-amaliy anjuman...

Tadbirda oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi uzluksizligi va uzviyligini ta'minlash yo‘llari, axborot va pedagogik texnologiyalari asosida optimal tahsil olish jarayonini tashkil etish va uni uslubiy ta'minotini yaratish, oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida ijtimoiy, maxsus hamda iqtisodiy fanlarni o‘qitish metodikasi kabi masalalar muhokama qilindi. Anjumanning asosiy maqsadi ham aynan yuqorida qayd qilingan masalalar borasida fikr almashish, mushohada yuritish, ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi.