1

Тема: Toshkentda xonadon sotib olish: nimadan bo’shlash kerak?

Siz Toshkentda xonadon sotib olishga qaror qildingiz. Sizda darrov ancha savollar tug’iladi: qanday uy-joy tanlash?, uni qaerdan qidirish?, qanday rasmiylashtirish, nimaga qo’l qo’yish?
Toshkentda xonadon sotib olish: nimadan bo’shlash kerak?
Ushbu maqolada biz bo’lajak xonadon bilan aniqlanishga yordam beramiz. Siz shu bilan birga xarid qilish jarayoni va turar-joyga mulk egaligini rasmiylashtirish yo’lini bilib olasiz.

Toshkentda xonadon sotib olish: nimadan bo’shlash kerak?

Бул маселе боюнча тасма үчүн:

2

Re: Toshkentda xonadon sotib olish: nimadan bo’shlash kerak?

Xonadon turi Sizga ko’proq nima tog’ri kelishini oldindan yaxshilab o’ylab oling: yangi qurilgan uydagi xonadonmi yoki ikkilamchi bozordagi uy-joymi? Yangi qurilgan uydagi xonadon “ikkilamchi”ga qaraganda o’rtacha 20%ga arzonroq bo’ladi, lekin xonadonga darrov k’ochib bora olmaysiz. Uyni ekspluatatsiyaga tushirilishini kutishga (Qurilishning ilk bosqichlarida kvadrat metrlar sotib olish foydaliroq- bu o’rtacha 30%ga mablag’ni tejashga olib keladi), yoki tamirlash tugashini kutishga to’g’ri keladi (chunki Siz  devorlari yalang’och kutini olayapsizku). Ikkilamchi uy-joyni afzaligi shundaki u har joyda borligi – Siz xonadonni o’zingiz suygan tumandan tanlashingiz mumkin, ammo o’zingizni didingizga ko’ra qayta qurish erkin tarzda rejalashtirilgan yangi qurilgan uyda amalga oshirish osonroq kechadi.

3

Re: Toshkentda xonadon sotib olish: nimadan bo’shlash kerak?

U va bu turtdagi uy-joyning afzalligi va kamchiligi ham bor. Odatda xaridorlar tanloviga kvadrat metrlar qanchaligi, narhi, joylashgan yeri kuchlikroq ta’sir o’tkazadi, lekin  qaysi uyda yashash istagingiz bo’rligini ham o’ylab ko’rishingiz  kerak. Sotib olishdan oldin harajatlaringizni hisob-kitob qilib chiqing, sotib olingan uyni ta’mirlashingizga qolgan mablag’ingiz yetadimi yoki ta’mirni kelasi yilga qoldirish kerakmi. Agarda tugalanmagam ta’mirli yoki umuman xech qanday ta’miri yo’q uyni sotib olsangizda qayta ta’mir qilishga mablag’ingiz yetmasa, unda Siz tang ahvolda qolasiz.

4

Re: Toshkentda xonadon sotib olish: nimadan bo’shlash kerak?

Reltormi yoki mustaqil qidirishmi? Deylik, Siz istaydigan ko’chmas mulkni xusussiyatlari bilan aniqlanib oldingiz — endi sa xarid qilish to’g’risida o’ylashni vaqti keldi. Mustaqil ravishda qidirish, hujjatlar yeg’ish, xonadonni yuridik tarafdan to’g’riligini tekshirishga Sizning vaqtingiz ham kuchingiz ham yo’qmi? Ehtimol Sizga ayrim bosqichlarda agentning malakali yordami kerak bo’ladi, u Sizni nafaqat ko’chmas mulk bozorida yo’naltiradi, balki yuridik ikir – chikirlarini tushunishga yo’rdam beradi. Ammo rieltor xizmatlari ancha qimmat turadi: agentning oladigan stavkasi sotib olingan xonadon qiymatini 1-3% tashkil qiladi. Agarda uy-joy qidirishni o’z zimmangizga olishga tayor bo’lsangiz, unda Siz ko’chmas mulk saylaridan foydalanishingiz mumkin.

5

Re: Toshkentda xonadon sotib olish: nimadan bo’shlash kerak?

Shunga qaramasdan oldi-sotti shartnomasini tuzish, o’zaro hisob-kitob qilish, xonadonni tekshirish uchun yuristga murojaat qilish mumkin – bu esa arzonroq bo’ladi. Agar natijada Siz rieltorni xizmatidan foydalanishga qaror qilgan bo’lsangiz, unda albatta yaxshi mutaxassisni tanlang. Vijdonsiz agent bilan bog’lansangiz, Siz vaqtingizni ham pulingizni ham yoqotishingiz mumkin.   Xonadon izlash Rieltor xizmatidan vos kechib Siz xonadon izlashni mustaqil ravishda boshlaysiz. Sabr qilishingizga to’g’ri keladi, ahir orzuingizdagi xonadonni e’lonlar bo’yicha topish oson emas. E’loningizni birdan bir nechta, masalan torg.uz va uybor.uz saytlarga joylashtiring.

6

Re: Toshkentda xonadon sotib olish: nimadan bo’shlash kerak?

Filtlar tizimi variantlar sonini kamaytirishga yordam beradi: Siz uyni joylashish yerini, metrajini, uyning maksimal qiymatini tanlashingiz, hamda Siz uchun muhim bo’lgan boshqa ko’rsatkichlarni: erkin sotuv/alternativa, liftni mavjudligi, uy turi va h.klarni izlashda ko’rsatishingiz mumkin. Shu bilan birga Siz ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishingiz, (“Xusussiy sektor”, “Toshkent haftaligi” va h.k) gazeta va jurnallarni ko’rib chiqishingiz mumkin.  Uy egasining/quruvchining hujjatlarini tekshirish Xonadonni ko’rib chiqayotganda xaridor juda diqqatli bo’lishi darkor, Chunki birinchi nigoh bilan qaralganda yahshi bo’lib ko’ringan uy-joy o’zining ichida bir talaygina yoqimsiz,faqat ishlatish jarayonida yuzaga chiqgan nuqsonlarga ega bo’lishi mumkin.

7

Re: Toshkentda xonadon sotib olish: nimadan bo’shlash kerak?

Bunday hodisalar birlamchi bozorda ham ikkilamchisida ham uchrab turadi. Ikkala turdagi uy-joyni samarali tekshirish uslubi xar hil, shuning uchun biz “ikkilamchi”ga ham, yangi qurilganlarga ham maslahatlar beramiz. Yashirinch kamchiliklarni vaqtida topish oson emas, shuning uchun uyni ko’rishga o’zingiz bilan birga yahshisi mutaxassis yoki tajribali rieltorni olib boring.

8

Re: Toshkentda xonadon sotib olish: nimadan bo’shlash kerak?

Sotuvchi va quruvchini maqtovlariga ishonmang va xonadonni xar bir santimetrini sinchiklab tekshiring: havo almashinuvi yomon, qiyshiq pollar va elektr simlari yaroqsiz xonadonda yashagingiz kelmaydiku. Keyin eng murakkab va ma’suliyatli bosqich —  xonadonni yuridik tarafdan to’g’riligi (ikkilamchi uy-joy uchun) va quruvchini loyiha hujjatlari (Yangi qurilgan uydagi xonadon uchun) o’rganiish boshlanadi. “Ikilamchi” xaridolari uchun asosiy qiyinchilik shundan iboratki, sotib olinayotgan xonadon Sizdan oldin boshqa odamlar unga egalik qilganligida.

9

Re: Toshkentda xonadon sotib olish: nimadan bo’shlash kerak?

Va qanchalik uning egalari ko’p bo’lgan bo’lsa, shunchalik xonadon oldingi egalaridan biri Sizning egalik huquqingizga e’tirozini bildirishi havfi katta bo’ladi. Agar sud idorasi xonadon sotilish vaqtida kimningdur huquqlari poymol etilganligini aniqlasa, unda Siz uy-joy va pulingizdan ajralib qolishingiz mumkin. Xaridor sotuvchining huquq beruvchi hujjatini solishtirishi kerak. Bu xonadon egasi deb o’zini tanishtirgan inson ushbu ko’chmas mulkni boshqarishga haq-xuquqlari borligini aniqlashga yordam beradi. Yangi qurilgan uydagi xonadonning birinchi egasi bo’lsangiz ham, developerni “ikkilamchi” uy sotuvchisini qanday sinchiklab tekshirgan bo’lsangiz, shunchalik uni tekshirish ham shart.