1

Тема: Qanday qilib Toshkentda xonadon sotib olib aldanib qolmaslik mumkin 1

Qanday qilib Toshkentda xonadon sotib olib aldanib qolmaslik mumkin – Birinchi qism "Tashqi faktorlar"

Ikkilamchi bozorda xonadon sotib olish har vaqt xavf-xatar bilan bog’liq. Quvrlar o’qmaydimi? Batareyalarni ichi tiqilib qolmaganmi? Balki bu xonadonda dahshatli  jinoyat sodir etilib, endi bu xonadonda ruhlar izg’ib yuribtimi? Diqqatingizni jalb qiladigan mayda-chuydalar o’ntadan kam emas, bu maqolada biz bir qanchasi to’g’risida so’zlab beramiz.
Qanday qilib Toshkentda xonadon sotib olib aldanib qolmaslik mumkin 1
Shartli ravishda ularni “ichki va tashqilarga” bo’lishimiz mumkin. “Tashqi” faktorlarga Siz ta’sir o’tkaza olmaysiz. Bu uy joylashgan tuman, infratuzilma bor yoki yo’qligi, metro va yer usti trasportni yaqinligi, internet-provayderlarni qamrov zonasi mavjudligi va hatto uyni quyoshga nisbatan joylashganligi. «Ichki» faktorlarni biz keyingi maqolada ko’rib chiqamiz.
Default/bt

Qanday qilib Toshkentda xonadon sotib olib aldanib qolmaslik mumkin 1

Бул маселе боюнча тасма үчүн:

2

Re: Qanday qilib Toshkentda xonadon sotib olib aldanib qolmaslik mumkin 1

«Tasqi» faktorlar. Bizga xech narsa bog’liq bo’lmagan hollarda Siz uy egasi, rieltor yoki Toshkentda xonadon sotish bo’yicha saytda mos keladigan variantni topganingizdan so’ng, o’sha joylar bilan tanishib, bilib kelishga borib keling.   

Yashash tumani Birinchi bo’lib, uy-joy sotib olmoqchi bo’lgan tumanni o’rganib chiqing. Infratuzilma qanday ahvoldaligi: shahar transporti, maktablar, bolalar bog’chalari, poliklinikalar, dorixonalar, supermarketlar bilan tanishib chiqing.

Bilingki oynangiz orqasida joylashgan maktab, bolalar bog’chalari, pochta - bu nafaqat qulaylik, balki, kun davomida shovqin-siron degani. Yaqin atrofda bog’ yoki xiyobon borligini surushtiring. Birinchidan, ular qo’shimcha salqinlik va toza havo manbayi bo’ladi, ikkinchidan esa bolalaringiz bilan birga aylanadigan, ertalablar badan tarbiya bilan shug’ullanishga, itingizni aylantirishga joy bo’ladi.

3

Re: Qanday qilib Toshkentda xonadon sotib olib aldanib qolmaslik mumkin 1

Uy oldida Uy oldidagi hududga nazar tashlang. Darahtlar qanday ahvoldaligi bilan qiziqing  (Uyga soya berishayaptimi, ular qanchalik to’zgan), avtoulovlar turar joyi yoki garajlar bormi? Chiqindi to’plash shaxobchasi uydan qanchalik uzoq masofada joylashgan?

Bolalar maydonchasi mavjudmi? Uy oldi hududning va pod’ezdning holati TXMESh o’zining majburiyatlarini qanday bajarayotganligi va bo’lg’usi qo’shnilar to’g’risida ancha narsalarni bildirishi mumkin. Agar darahtlarda ishlatilgan bolalar tagligklari osilib, pod’ezdda esa 12 nafar och mushuklar miyovlab turganini ko’rsangiz, bu uy albatta sizga to’g’ri kelmaydi.

4

Re: Qanday qilib Toshkentda xonadon sotib olib aldanib qolmaslik mumkin 1

Pod’ezd va qavatlar Toshkentda xonadon xarid qilmoqchi bo’lgan uyning pod’ezdiga nazar tashlang, domofon borligini, lift ishlashini, chiqindi tashlash quvrni mavjudligini va undan chiayotgan isni tekshiring.

Birinchi va ohirgi qavatlarga alohida e’tiboringizni qarating. Namlik isi, devorda zamburuqlar va yerto’la tez-tez suv bosishining boshqa alomatlarini  bor-yo’qligini birinchi qavatda tekshiring. Kelajakda bu eng kami chivin va hasharotlar ko’payishining manbayi bo’ladi. Ohirgi qavatda esa devorlarda tomdan suv oqib tushishganining izlarini bor-yo’qligini, chordoqga kirish yo’li yopiqligini tekshiring. Agarda lyuk ochiq bo’lsa, demak u erda shubhali kimsalar yeg’ilishni boshlashadi, tomdan esa kabel o’rnatuvchilar yurib tom qoplamini ezib tashlashadi.

5

Re: Qanday qilib Toshkentda xonadon sotib olib aldanib qolmaslik mumkin 1

Tajribali odamlar O’zbekitonda ko’chmas mulk sotib olishdan oldin ikki kun o’sha uydagi kampirlar bilan suhbatlashishni tavsiya etishadi. Ulardan Siz bo’lajak xonadoningiz TXMESh boshliqlari to’g’risida, xonadon egalari va bo’lajak qo’shinilaringizning yetti pushtigacha bor haqiqatni bilib olasiz.

Do’no halqimizda bir naql bor: «Oldin qo’shnilaringni, keyin esa uyni sotib ol», Ko’rinishidan tuppa-tuzik odamlar ham, tunlarda gitara chalishi yoki lift tugmasini yoqishlari mumkin. Kochada o’tirgan hamma tog’risida ko’p narsalarni biluvchi kampirlar, Sizni nomaqqul uydagi xonadonni sotib olishdan asrashadi.

Aivan_Small/smile